Floyd Meyvezer jamoasidagi yurtdoshimiz dekabr oyida ringga ko‘tariladi

Floyd Meyvezer jamoasidagi yurtdoshimiz dekabr oyida ringga ko‘tariladi
AQShda Floyd Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan professional bokschimiz Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini dekabr oyida o‘tkazishi mumkin. Bu borada amaliy ishlar allaqachon boshlanib ketgan. Bokschimizning ta’kidlashicha, jang kuni tez orada ma’lum bo‘ladi.

So‘ngra, raqibga ham oydinlik kiritiladi. Uning fikriga qaraganda jang dekabr oyining boshlarida tashkil etiladi. Sanjar so‘ngi jangini 20 sentyabr kuni AQShlik Andre Birdga qarshi o‘tkazib, uni mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz: Yurtdoshimiz professional boksda 15 tajang o‘tkazib, ularning 12 tasida g‘alaba qozongan. Ikki bora mag‘lubiyatga uchrab, bir marotaba durang qayd etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.