Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi: «Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik»

Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi: «Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik»
Foto: Zenit
Rossiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan «Zenit» — «Rostov» (6:1) o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan «Zenit» murabbiyi Sergey Semak jamoa himoyachilari «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovni qanday to‘xtatib qolganini aytdi.

«Shomurodov darvoza tomon birorta zarba yo‘llamadi? Biz uning o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik. Himoyachilarimizni ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Albatta, birorta gol o‘tkazib yubormaslik ajoyib bo‘lardi, lekin bugungi o‘yin uchun xursand bo‘lishimiz mumkin. Eldor haqida gapiradigan bo‘lsam, yana takrorlayman, u ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda»,— dedi Semak o‘yindan so‘ng.

RPL 13-turi doirasidagi «Zenit» — «Rostov» o‘yinida peterburgliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Eldor Shomurodov esa 77-daqiqada zaxiraga olindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.