O‘zbekistonning kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrashi Avstraliyada shov-shuv ko‘tardi


Bugungi O‘zbekiston termasining Xitoyga qarshi o‘yini Avstraliya ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinmoqda. Aniqrog‘i, O‘zbekistonning mag‘lubiyati sensasiya sifatida qabul qilindi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
O‘zbekistonning kuchli tarkibga ega bo‘la turib, o‘yinni boy bergani muhokama qilinmoqda. Har bir xavfli vaziyatlar mahalliy hamda horijiy jurnalistlar tomonidan tahlil qilinyapti. Xatolar ko‘rsatilyapti.
Media-markazda biz bilan birga o‘tirgan xitoylik jurnalistlar bosh chayqab, sizga nima bo‘ldi, degandek savollarga ko‘mib tashlashyapti. Biz indamay, bu futbol, deb javob qaytarayapmiz.
Umid qilamiz, Saudiya Arabistoniga qarshi hammasi biz uchun ko‘ngildagidek kechadi.
Foto: naesmi.uz / daryo.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













