OChL o‘tish o‘yinlarida "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" qachon va kimlar bilan o‘ynaydi?

OChL o‘tish o‘yinlarida "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" qachon va kimlar bilan o‘ynaydi?
O‘zbekiston nomidan OChL-2020da \"Paxtakor\", \"Lokomotiv\" va \"Bunyodkor\" ishtirok etadigan bo‘ldi. \"Sherlar\" guruh bosqichida qatnashishadi. \"Temiryo‘lchilar\" hamda \"qaldirg‘ochlar\" o‘tish o‘yinlari orqali guruh bosqichiga chiqishga urinadi.

21 yanvar kuni O‘zbekistonning 2 klubi pley-offda, \"Lokomotiv\" va \"Bunyodkor\" uyda o‘yin o‘tkazadi. \"Lokomotiv\" Tojikistonning \"Istiqlol\" klubiga qarshi o‘ynaydi, \"Bunyodkor\" Iroqning \"Al-Zaura\" klubi bilan kuch sinashadi.

Ehtimoliy g‘alaba jamoalarimizni 28 yanvar kuni safarda o‘tkaziladigan 3-bosqich yo‘llanmasini ta’minlaydi. \"Lokomotiv\" Jiddada Saudiya Arabistonining \"Al-Ahli\"siga qarshi maydonga tushsa, \"Bunyodkor\" BAAning \"Al-Ayn\" jamoa bilan kuch sinashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.