«Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi
La Liga 18-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Alaves» klubini qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvning 14-daqiqasida Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, tanaffus oldidan Vidalning kiritgan goli jamoalarni bo‘limni ikkita gol farqi bilan yakunlashiga sabab bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Pere Pons hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay katta sahnaga Messi chiqib, ajoyib goli bilan hisobni 3:1ga yetkazdi. Bu gol bilan Messining gollari 13taga yetib, u La Liga to‘purariga aylandi.

75-daqiqada esa VAR tizimi orqali penalti aniqlanib, belgilandi. To‘pga yaqinlashgan Suares zarbada adashmadi – 4:1.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barsa»ning ochkolari soni 39taga yetib, ular turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. 2-o‘rindagi «Real» o‘z o‘yinini yakshanba oqshomida o‘tkazadi.

Barselona – Alaves 4:1
Gollar:
1:0 – 14 Grizmann, 2:0 – 45 Vidal, 2:1 – 56 Pere Pons, 3:1 – 69 Messi, 4:1 – 75, penalti Suares.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Serdji Roberto (Semedu, 85), Alba, Alenya, Buskets (de Yong, 79), Vidal, Messi, Suares (Karles Peres, 85), Grizmann.
Alaves – Pacheko, Duarte, Eli, Agirregabiria, Ximo Navarro, Manu Garsiya, Aleish Vidal (Berk, 86), Xavi Munos (Rioxa, 53), Vakaso (Xoselu, 70), Pere Pons, Lukas Peres.
Ogohlantirishlar: Aleish Vidal (66), Umtiti (67), Vakaso (67), Agirregabiria (74), Eli (84), Alba (88).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.