Messi jarima zarbalari sirini ochdi

Messi jarima zarbalari sirini ochdi
\"Barselona\" hujumchisi Lionel Messi jarima zarbalarini qanday qilib aniq amalga oshirishi haqida gapirib berdi.
\"Darvozabonlarni o‘rganishga ko‘proq vaqt sarflayotganim haqiqat. Ularning harakatini, qadam tashlashlarini kuzataman va jonli devor qanday turganiga e’tibor beraman. Mashg‘ulotlar tufayli bunday muvaffaqiyatlarga erishdim\", - deydi Messi.

Lionel Messi joriy mavsum LaLigada 13ta uchrashuv o‘tkazib, 13ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning hisobida 6ta golli pas mavjud.
\"Barselona\" 18-turdan so‘ng Ispaniya chempionati jadvalida 39 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.