Zlatan Ibrahimovich «Milan»ga qaytdi

Zlatan Ibrahimovich «Milan»ga qaytdi
«Los-Anjeles Gelaksi»ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich faoliyatini «Milan»da davom ettiradi.

38 yoshli futbolchi «rossoneri» bilan 6 oylik shartnomani imzoladi. Uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor. Zlatan «Milan»da 11-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Avvalroq uning yarim yillik maoshi 3 mln yevro bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 2010-2012 yillar davomida «Milan» sharafini himoya qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.