“Navbahor” yig‘iniga koreyalik futbolchi qo‘shiladi

“Navbahor” yig‘iniga koreyalik futbolchi qo‘shiladi
“Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan yig‘iniga 12 nafar xorijlik o‘yinchilar ham jalb etilishgani, ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori ekanligi xabar qilingandi.
Mazkur legionerlarning safiga yana bir osiyolik futbolchi qo‘shiladigan bo‘ldi. U janubiy koreyalik Shim Je Xyuk bo‘lib, u o‘z mamlakatining “Gyeongju KHNP” klubida to‘p tepadi.

Xyuk 1995 yil 5 martda tug‘ilgan bo‘lib, hujumchi ampluasida o‘ynaydi.
Demak, “lochinlar”ning yangi yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 30 nafarga yaqin mahalliy va 13 nafar xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi.

Bu esa jamoaning murabbiylar shtabida tanlov imkoniyati ham yuqori bo‘lishini anglatadi.
Mazkur futbolchilardan qaysi biri “Navbahor” murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa, o‘sha o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.