"Lokomotiv" erkin agent hisoblangan legioner bilan shartnoma imzoladi

"Lokomotiv" erkin agent hisoblangan legioner bilan shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, Toshkentning \"Lokomotiv\" klubi BAAning Abu Dabi shahrida yig‘in o‘tkazmoqda. Jamoa mashg‘ulotida yangilardan chernogoriyalik legioner Slavko Damyanovich ham ishtirok etdi.

Chernogoriyalik Slavko Damyanovich markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi. U faoliyati mobaynida Chernogoriyaning “Mornar Bar”, “Suteska Niksich”, “Buduchnost Podgoritsa”, Serbiyaning “Spartak”, “Baska”, Vengriyaning “Bekeshaba-1912” hamda Janubiy Afrika Respublikasining “Bidvest” klublarida to‘p tepgan.

27 yoshli himoyachi erkin agent sifatida “Loko” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Lokomotiv" erkin agent hisoblangan legioner bilan shartnoma imzoladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.