U-23 Osiyo chempionati. Suriya so‘nggi soniyalarda gol urib Qatardan ochko oldi

U-23 Osiyo chempionati. Suriya so‘nggi soniyalarda gol urib Qatardan ochko oldi
Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatining \"B\" guruhining 1-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib borgan Qatar hamda Suriya uchrashuvining dastlabki yarim soatidan keyin 2:0 hisobi qayd etilayotgan edi.

Biroq birinchi taymda hisobni qisqartirgan Suriya, 90+4-daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi - 2:2.

U-23 Osiyo chempionati
\"B\" guruhi, 1-tur
Qatar - Suriya 2-2
Gollar:
Yusuf Abdurisag 1, Yusuf Muhammad 22 avtogol - Abdulrahmon Barakat 31, Ahmad Dali 90+4.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.