"Navbahor" yana bir legionerni sinovdan o‘tkazmoqda

"Navbahor" yana bir legionerni sinovdan o‘tkazmoqda
Xabaringiz bor, \"Navbahor\" jamoasi yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda va bir qator xorijlik hamda mahalliy futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. 16 yanvar kuni “Navbahor” safiga yana bir legioner qo‘shildi.

Bu turkmanistonlik Vaxit Orazsaxedov bo‘lib, u 1992 yil 26 yanvarda tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orazsaxedov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Rubin” (Qozon), “Nefteximik” (Nijnekamsk), “Rostov” (Rostov), Moldovaning “Dachiya” (Kishinyov), Turkiyaning “Osmonlispor” (Anqara), Ozarbayjonning “Sabail” (Boku), Turkmanistonning SSKA (Ashxobod), “Oltin asr” (Ashxobod) hamda “Axal” (Axal) klublarida to‘p surgan.
"Navbahor" yana bir legionerni sinovdan o‘tkazmoqda
O‘tgan mavsumni esa Qirg‘izistonning “Dordoy” (Bishkek) jamoasida o‘tkazib, 28ta o‘yinda 20ta gol urib, Qirg‘iziston premer-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Vaxit Orazsaxedov o‘z paytida Turkmaniston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida o‘ynagan. 2016 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to‘p surmoqda. Turkmanistonlik hujumchi “lochinlar”ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

Manba: \"Navbahor\" PFK matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.