"Nasaf"ning Turkiyadagi raqiblari bilan tanishing

"Nasaf"ning Turkiyadagi raqiblari bilan tanishing
Avval xabar qilganimizdek, \"Nasaf\" futbolchilari 5 fevraldan 19 fevralga qadar yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari yig‘in davomida asosiy e’tiborni nazorat uchrashuvlariga qaratishadi. O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini doirasida oltita nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Hozircha ulardan beshta raqibning nomlari ma’lum. Oltinchi jamoa bilan esa muzokara olib borilmoqda. Qarshiliklarning raqiblari Ukraina, Makedoniya, Qirg‘iziston, Belarus davlatlari jamoalari bo‘ladi.

\"Nasaf\" futbolchilarining Antaliyadagi nazorat uchrashuvlari jadvali:
1. 7 fevral – “Kolos” (Ukraina)
2. 10 fevral – “Vorskla” (Ukraina)
3. 11 fevral – “Bregalnitsa ” (Makedoniya)
4. 14 fevral – “Dordoy” (Qirg‘iziston)
5. 17 fevral – “Torpedo BelAZ” (Belarus)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.