OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g‘alaba bilan boshladi

OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g‘alaba bilan boshladi
OCHL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda BAAning “Shabab Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
“Paxtakor” markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

18-daqiqada Jaloliddin Masharipov “parashyut” uslubida raqib darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng uchrashuv tempi juda tushib ketdi. Natijada 67-daqiqada Pedro Konde muvozanatni tikshalshga erishdi. Ammo oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Dragan Cheran yana “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

“PAXTAKOR” – “SHABAB AL AHLI” 2:1
Gollar:
Jaloliddin Masharipov (18), Dragan Cheran (70) - Pedro Konde (67)

\"Paxtakor\": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimes (S), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Asad Sobirjonov, Humoyunmirzo Iminov, Abror Ismoilov, Vladimir Kozak, Eren Derdiyok.

\"Shabab Al Ahli\": Majid Nosir, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Muhammad Sebil, Yusuf Jaber, Aziz G‘aniyev, Ismoil Alhammadi, Abdulla Naqbi, Majid Hassan, Federiko Kartabiya, Pedro Konde.
Zaxira: Hassan Hamza, Salmin Hamis, Muhammad Ismoil, Volid Husayn, Harib Abdulla, Eyd Hamis, Ahmad Halil.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari 3 ochko bilan “V” guruhida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuv esa Toshkent vaqti bilan soat 19:40 da boshlanadi. Unda musobaqaning amaldagi g‘olibi, Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi Eronning “Padideh” klubini qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.