“Barselona” yaqin ta’qibchisini mag‘lub etib, peshqadam "Real"ga yetib oldi (video)

“Barselona” yaqin ta’qibchisini mag‘lub etib, peshqadam "Real"ga yetib oldi (video)
Ispaniya La Ligasi 24-turidan o‘rin olgan \"Barselona\" hamda \"Xetafe\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
\"Kamp Nou\" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. 33-daqiqada Antuan Grizmann hisobni ochdi. 39-daqiqada Serxi Roberto mehmonlar darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qilishga erishdi. Bunga esa \"Xetafe\" safida Anxel Rodriges bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 52 taga yetdi va jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, \"Real\"dan so‘ng turnir jadvalida 2-o‘rinni egallaba turibdi.

Barselona – Xetafe 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 33 Grizmann, 2:0 – 39 Serdji Roberto, 2:1 – 66 Anxel Rodriges.
Barselona – ter Shtegen, Serdji Roberto, Umtiti, Pike, Alba (Firpo, 22), Buskets, Artur (Rakitich, 75), de Yong, Fati (Vidal, 85), Grizmann, Messi.
Xetafe – Soriya, Echeyta, Djene, Nom, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Etebo (Ndiaye, 67), Olivera (Kenedi, 52), Mata, Molina (Anxel Rodriges, 52).
Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Mata (73), Firpo (82), Fati (85), Kenedi (89).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.