«Manchester Yunayted» xo‘jayinlari klub narxini e’lon qildi

«Manchester Yunayted» xo‘jayinlari klub narxini e’lon qildi
Foto: Google Images
«Manchester Yunayted»ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi klubni 2,4 milliard funt evaziga sotishga tayyor, deya xabar qilmoqda Daily Mail.
Iqtisodchilarning fikricha, butun dunyo bo‘yicha faqat 20 kishi klubni sotib olish uchun yetarli mablag‘ga ega.

Shu bilan birga xaridor «Manchester Yunayted»ning uy stadioni «Old Trafford»ni qayta ta’mirdan chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa kamida 200 million funtga tushadi.
Gleyzerlar «Manchester Yunayted»ni 2005 yilda 790 million funt evaziga sotib olgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.