Sanjar Rahmonov Hanter bilan revansh jangida mag‘lubiyatga uchradi (video)

Sanjar Rahmonov Hanter bilan revansh jangida mag‘lubiyatga uchradi (video)
Foto: Twitter
Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov (12-3-1, 6 KO) professional ringdagi navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 29 fevral tongida Las-Vegasda o‘tkazdi.

Rahmonov ushbu jangda Keyt Hanter (12-0-0, 7 KO) bilan bahsga kirishdi. Qayd etish joiz, bu Rahmonov uchun revansh jang hisoblanardi. Sanjar 2019 yil 5 aprelida Hanterga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bu safar ham Rahmonov raqibiga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish joiz, Sanjar 3-raundda nokdaun holatiga ham tushib qoldi.

Jangning to‘liq videosini UFCBOXUZ kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.