Sanjar Tursunov yangi zelandiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi

Sanjar Tursunov yangi zelandiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi
Iordaniyada davom etayotgan Tokio-2020 litsenzion turnirida -91 kilogramm vazn toifasining yarim final jangida Sanjar Tursunov ringga ko‘tarildi.
Yangi zelandiyalik David Nikaga qarshi bahs olib borgan bokschimiz bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, vakilimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini kecha naqd qilib qo‘ygandi.
Bu terma jamoamizning mazkur musobaqadagi uchinchi bronza medali bo‘ldi. Bungacha Bobousmon Baturov hamda Shahobiddin Zoirov yarim finalda mag‘lub bo‘lishgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.