“Zenit” uyda “Ural”ni parchalab tashladi. Azmunda xet-trik, Dzyubada esa dubl

“Zenit” uyda “Ural”ni parchalab tashladi. Azmunda xet-trik, Dzyubada esa dubl
Rossiya chempionatining 22-turi doirasida peshqadam “Zenit” o‘z maydonida “Ural”ni qabul qilib, 7:1 hisobi bilan zafar quchdi.
Mezbonlar safida Sardor Azmun xet-trikka erishgan bo‘lsa, Artyom Dzyuba o‘z nomiga dubl rasmiylashtirdi. Shuningdek, Malkom peterburgliklar safida ilk golini urishga erishdi. Yana bir to‘pga esa Sebastyan Driussi mualliflik qilgan. Raqiblardan javob golini Andrey Panyukov urdi.

Zenit – Ural 7:1 (4:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 8 Azmun, 2:0 – 12 Dzyuba, 3:0 – 15 Azmun, 4:0 – 27 Malkom, 5:0 – 61 Azmun, 5:1 – 65, penalti Panyukov, 6:1 – 69 Driussi, 7:1 – 72, penalti Dzyuba.
Zenit – Lunev, Ivanovich, Duglas Santos, Rakitskiy (Kuzyayev, 80), Jirkov (Musayev, 46), Malkom, Ozdoyev (Shamkin, 73), Karavayev, Azmun, Dzyuba, Driussi.
Ural – Godzyur, Kalinin, Mamin, Vilyush (Polyakov, 46), Kulakov, Yegorichev, Bikfalvi, Yefremov (Yusupov, 55), Dimitrov (Shabolin, 67), Augustinyak, Panyukov.
Ogohlantirishlar: Kalinin (62), Musayev (75).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.