UFC chempioni Jon Jons hibsga olindi

UFC chempioni Jon Jons hibsga olindi
Foto: AP Photo
UFC’ning yarim og‘ir vazn toifasidagi chemioni Jon Jons (26-1-0, 10 KO) 26 mart, payshanba kuni hibsga olindi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
Sportchi mashinani mast holatda boshqargani va yonida ruxsatnomasi bo‘lmagan qurol saqlagani uchun hibsxonaga olib borilgan.

Qayd etilishicha, politsiyaga Albukerke shahrida (AQSH, Nyu-Meksiko shtati) otishma yuz bergani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar to‘pponcha va yarim bo‘shagan alkogolli ichimlik shishasini topadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.