"Barselona" o‘yinchilari Ronaldu 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerak deb hisoblaydilar

"Barselona" o‘yinchilari Ronaldu 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerak deb hisoblaydilar
"Barselona" o‘yinchilari Ronaldu 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerak deb hisoblaydilar

\"Barselona\"ning bir qator futbolchilari Ispaniya chempionatinig 20-turida \"Kordova\"ga qarshi o‘yinda \"Real\" hujumchisi Krishtianu Ronalduning qilmishiga o‘z fikrlarini bildirdilar.

Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar bu epizodni tomosha qilganlar va bir ovozdan Ronalduning kamida 4 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kerakligi aytganlar.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu uchrashuvning 82-daqiqasida maydon egalari Edimarni oyog‘i bilan tepgan edi. O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqea uchun Ronaldu kechirim so‘ragan edi.

Voqea shu haftada tartib-intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.