Shota Arveladze Qozog‘iston orqali Turkiyaga jo‘nab ketgan

Toshkentning \"Paxtakor\" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze \"Vice\" yoshlar jurnaliga bergan intervyusida koronavirusdan qanday qilib saqlanayotganligini aytib o‘tdi.
\"Qosimposho\"da ishlagan vaqtimda Istanbuldan uy sotib olgan edim. Biz shu yerda yashayapmiz. Butun oilam men bilan. Menda astma kasalligi bor bo‘lgani uchun o‘zimni juda ehtiyot qilaman. Qozog‘istondan bu yerga shaxsiy samolyotda uchib keldim. Chunki, doimiy aviaqatnovlar uchun chipta yo‘q. Vaqtni o‘yinlarni tomosha qilgan holda o‘tkazyapman\", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Shota Arveladze 2017 yil iyun oyidan buyon \"Paxtakor\" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va \"sherlar\" bilan o‘tgan mavsum Superligada chempion bo‘lishga erishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Qosimposho\"da ishlagan vaqtimda Istanbuldan uy sotib olgan edim. Biz shu yerda yashayapmiz. Butun oilam men bilan. Menda astma kasalligi bor bo‘lgani uchun o‘zimni juda ehtiyot qilaman. Qozog‘istondan bu yerga shaxsiy samolyotda uchib keldim. Chunki, doimiy aviaqatnovlar uchun chipta yo‘q. Vaqtni o‘yinlarni tomosha qilgan holda o‘tkazyapman\", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Shota Arveladze 2017 yil iyun oyidan buyon \"Paxtakor\" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va \"sherlar\" bilan o‘tgan mavsum Superligada chempion bo‘lishga erishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













