Tayson va Yemelyanenko jangi bo‘ladi

Tayson va Yemelyanenko jangi bo‘ladi
Mayk Taysonning ringga qaytishga qaror qilgani va dunyo bo‘ylab turga chiqib, qator ko‘rgazmali janglarda qatnashishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Rossiyalik promouter Vladimir Xryunov Taysonni Rossiyaga olib kelib, Yemelyanenkoga qarshi ringga olib chiqmoqchi.

- Yaqinda Taysonning vakili Azim Spitser bilan gaplashib, Mayk jahon bo‘ylab turga chiqmoqchiligini va bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishni rejalashtirayotganini aniqladim. Unga Rossiyada ham ko‘rgazmali jang o‘tkazishni taklif qildim. Raqib sifatida Aleksandr Yemelyanenko yoki Sergey Xaritonovdan birini tanlaydi, - dedi Xryunov.

Xryunovning aytishicha, Ular ishtirokidagi ko‘rgazmali janglar Moskva yoki Yekaterinburgdagi katta stadionda, olamshumul shou doirasida bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.