Ulug‘bek Baqoyev: "OCHLga yo‘llanma olishga harakat qilamiz"

Coca Cola Superligasi 5-turidan o‘rin olgan \"Lokomotiv\" - \"So‘g‘diyona\" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
\"Lokomotiv\" jamoasini yaxshi bilamiz, tarkibi juda kuchli, amaldagi mamlakat vitse-chempioni, qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan bilardik. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman\", - deb gap boshladi Ulug‘bek Baqoyev.
- Qaysi o‘yin qiyinroq bo‘ldi? \"Paxtakor\" bilanmi yoki bugun \"Lokomotiv\"ga qarshi?
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Uning statusiga qaramaymiz. Har bir o‘yinga tayyorlanib maydonga tushamiz. Natija esa o‘yinga qarab bo‘ladi.
- \"So‘g‘diyona\" dastlab \"Paxtakor\"ni, keyin \"Lokomotiv\"ni mag‘lub etdi. Bunga qanday erishildi?
- Bu futbol, agar har bir futbolchi 100 foiz kuchi bilan o‘ynasa. Familiya yoki klassdan qat’iy nazar harakat qilsa natija bo‘ladi.
- Bugun sensatsiya bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
- Bugun harakat qildik. Agar sensatsiya desangiz mayli sensatsiya bo‘laqolsin. Bu haqdy o‘ylaganim yo‘q.
- \"So‘g‘diyona\" bu mavsum qaysi o‘rinlarga kurasha oladi?
- Bilasizmi, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz va mavsum yakunida musobaqa jadvaliga qaraymiz.
- Savolni boshqacharoq beramiz: Jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
- Vazifa har bir o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynash.
- O‘tgan yil OCHLga chiqish uchun ozgina yetmay qolgandi. Bu yil shunga umid qilsa bo‘ladimi?
- Biz harakat qilamiz. Hozir barcha jamoalar teng kuchli va kutilmagan natijalar hali ko‘p bo‘ladi.
Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Lokomotiv\" jamoasini yaxshi bilamiz, tarkibi juda kuchli, amaldagi mamlakat vitse-chempioni, qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan bilardik. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman\", - deb gap boshladi Ulug‘bek Baqoyev.
- Qaysi o‘yin qiyinroq bo‘ldi? \"Paxtakor\" bilanmi yoki bugun \"Lokomotiv\"ga qarshi?
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Uning statusiga qaramaymiz. Har bir o‘yinga tayyorlanib maydonga tushamiz. Natija esa o‘yinga qarab bo‘ladi.
- \"So‘g‘diyona\" dastlab \"Paxtakor\"ni, keyin \"Lokomotiv\"ni mag‘lub etdi. Bunga qanday erishildi?
- Bu futbol, agar har bir futbolchi 100 foiz kuchi bilan o‘ynasa. Familiya yoki klassdan qat’iy nazar harakat qilsa natija bo‘ladi.
- Bugun sensatsiya bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
- Bugun harakat qildik. Agar sensatsiya desangiz mayli sensatsiya bo‘laqolsin. Bu haqdy o‘ylaganim yo‘q.
- \"So‘g‘diyona\" bu mavsum qaysi o‘rinlarga kurasha oladi?
- Bilasizmi, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz va mavsum yakunida musobaqa jadvaliga qaraymiz.
- Savolni boshqacharoq beramiz: Jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
- Vazifa har bir o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynash.
- O‘tgan yil OCHLga chiqish uchun ozgina yetmay qolgandi. Bu yil shunga umid qilsa bo‘ladimi?
- Biz harakat qilamiz. Hozir barcha jamoalar teng kuchli va kutilmagan natijalar hali ko‘p bo‘ladi.
Manba: championat.asia
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













