Andrey Kanchelskis: "Oldinga intilishda davom etamiz"

Andrey Kanchelskis: "Oldinga intilishda davom etamiz"
Coca Cola Superligasining 6-turidan o‘rin olgan \"Metallurg\" - \"Navbahor\" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.
\"Birinchi galda jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabriklayman. Sizlarga sog‘lik va salomatlik tilab qolaman.

G‘alaba har doim yoqimli. Raqib safida ham kuchli va mahoratli futbolchilar yetarli edi. Bizda ko‘rganingizdek vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. 3:1 yaxshi natija va men bundan qoniqdim. Oldinga intilishda davom etamiz. Tayyorgarlikni kuchaytiramiz. Keyingi turni Jizzaxning \"Sug‘diyona\" jamoasiga qarshi o‘tkazamiz. Mazkur uchrashuvga har tomonlama hozirlik ko‘ramiz
\", - deydi Andrey Kanchelskis.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.