Bo‘ldi! Oston O‘runov boshqa klubga o‘tmoqda

Bo‘ldi! Oston O‘runov boshqa klubga o‘tmoqda
Moskvaning “Spartak” klubi yozgi transfer mavsumi ochilishi bilan birinchi bo‘lib “Ufa”dan Oston O‘runovni oladigan bo‘ldi. Bu haqda Metaratings.ru sayti xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan. O‘runov “Ufa” tarkibida joriy yilning fevral oyida beri to‘p surayotgan edi. Uning ufaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgandi.

Joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida o‘nta uchrashuv o‘tkazgan Oston O‘runovga “Spartak”dan tashqari “Lokomotiv”, “Zenit” va \"Krasnodar” qiziqish bildirayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.