Ivan Solovyov: Sizga kafolat beraman, Oston O‘runov yangi Halk bo‘ladi

Ivan Solovyov: Sizga kafolat beraman, Oston O‘runov yangi Halk bo‘ladi
Foto: Twitter/@Ufafc
«Navbahor» klubi yarim himoyachisi Ivan Solovyov sobiq jamoadoshi, hozirda «Ufa» safida to‘p surayotgan Oston O‘runov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘runov bilan yarim yil birga o‘ynaganman. Oston — o‘zbekistonlik Halk. Uning mushaklari og‘irligi Xalkniki bilan deyarli teng. U — iqtidorli futbolchi. Agar «Spartak» uni uzatma oshirishga o‘rgata olsa, u top-futbolchi bo‘ladi.

Oston yaxshi tezlik va driblinga ega o‘yinchi. Asosiysi uni pas bilan o‘ynashga o‘rgatish. Agar u moslasha olsa va jamoaga o‘ynashni o‘rgansa — bu RPL yangi mavsumining kashfiyoti bo‘ladi.

Sizga kafolat beraman, u yangi Halk bo‘ladi. Ikkinchi Halk, faqat o‘zbekcha. Uning ilk turdagi jarima maydoni tashqarisidan urgan golini eslayman. O‘runov — haqiqiy mashina.

Ostonning rus tilisi? Xo‘sh, biz o‘zbekchada qanday gapira olsak, uning ruschasi ham shunday. O‘runov bizning tilni yaxshi biladi, biroq javob qaytara olmaydi — xuddi kuchukka o‘xshab, buni yaxshi ma’noda gapiryapman (kuladi).

Biroq Oston bundan hech ham xijolat bo‘lmaydi, u yaxshi yigit. Shunchaki u hamma so‘zlarni ham ayta olmaydi, ammo unga aytgan barcha gapingizni tushunadi.

Hechqisi yo‘q, «Spartak»da uni ichkilik olib kelishga jo‘natib, rus tilini tezda o‘rgatib qo‘yishadi. Hazil, Oston — haqiqiy professional va iymonli inson. Ichmaydi, chekmaydi, har xil qizlar bilan gaplashmaydi», — deydi Solovyov.

Avvalroq «Spartak» Oston O‘runov transferi borasida «Ufa» bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.