Sardor Rashidov o‘z sovrinini qabul qilib oldi

Sardor Rashidov o‘z sovrinini qabul qilib oldi
Sardor Rashidov o‘z sovrinini qabul qilib oldi

\"Bunyodkor\" va milliy terma jamoamizning yarim himoyachisi Sardor Rashidov “Interfutbol” gazetasi tasnifi bo‘yicha \"Yilning kashfiyot futbolchisi\" deb, e’tirof etilgandi.

Mazkur sovrin bugun o‘z egasiga topshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, chorshanba kuni “Interfutbol” gazetasi vakillari Sardor Rashidovga maxsus sovrin topshirishdi.

Binobarin, “Interfutbol” gazetasining ushbu mukofoti futbolchining 2014 yilgi mavsumda ajoyib va bir maromda o‘yin ko‘rsatganligi uchun ham taqdim etildi. O‘ylaymizki, Sardor bundan keyin ham o‘z klubi va terma jaomamizda ham etakchi futbolchilardan biri sifatida ko‘p yillar mobaynida e’tirof etilib kelinadi...

“Bunyodkor” futbolchilari, OAV vakillari qarshisida “Interfutbol” gazetasi vakillari Zafar Qosimov va Kamoliddin Alimov sovrinni Sardor Rashidovga topshirishdi.

Manba: www.stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.