U ham Messi, ham Ronaldu bilan o‘ynashidan baxtiyor

U ham Messi, ham Ronaldu bilan o‘ynashidan baxtiyor
“Barselona”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik Artur Ramos zamonaviy futbolning eng kuchli ikki yulduzi – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan kam sonli futbolchilardan biriga aylanishidan baxtiyor.

- Men yana bir qudratli jamoada Ronaldu singari chempion bilan yonma-yon o‘ynash imkoniyaga ega bo‘ldim. Orzularim amalga oshmoqda. Men hali bosh murabbiy bilan maydondagi pozitsiyam haqida gaplashganim yo‘q. Pirloning qo‘l ostida to‘p surish menga faxr bag‘ishlaydi, - deydi Artur.

24 yoshli futbolchi La Ligada 21 ta uchrashuda 3 ta gol urdi. U Yevropa futbolida o‘z o‘rnini topishda yordam bergan “Barselona”ga ham o‘z minnatdorligini bildirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.