OCHL. “Shabab Al-Ahli” yana minimal g‘alabaga erishdi va ochkolar bo‘yicha “Paxtakor”ga yetib oldi (+jadval)

OCHL. “Shabab Al-Ahli” yana minimal g‘alabaga erishdi va ochkolar bo‘yicha “Paxtakor”ga yetib oldi (+jadval)
OCHL \"B\" guruhidan o‘rin olgan \"Shahr Xodro\" – “Shabab Al Ahli” o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 83-daqiqada “Shabab Al Ahli” safida zaxiradan maydonga tushgan Pedro Konde tomonidan urildi. Azizjon G‘aniyev esa o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 2-bo‘lim boshida Muhammad Juma Eydga almashtirildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Shabab Al Ahli” ochkolar sonini 6 taga yetkazib, “Paxtakor” bilan tenglashib oldi. Dubaylik 5-turni 20 sentabr kuni aynan “sherlar”ga qarshi o‘tkazadi.

\"Shahr Xodro\" – “Shabab Al Ahli” 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
Konde 83
\"Shahr Xodro\" – Kia, Faraji, Faramarzi, Nemati, Jafari, Taheran, Sadegi, Seyfollaxi, Mexraban, Qosimnajod, Xalatbori
“Shabab Al Ahli” – M.Nosir, Yu.Jabir, V,Abbos, Muhammad, Xaykal, E.Xamis, M,Xassan, A.G‘aniyev, al-Xashmi, Alhammadi, A.Halil.
OCHL. “Shabab Al-Ahli” yana minimal g‘alabaga erishdi va ochkolar bo‘yicha “Paxtakor”ga yetib oldi (+jadval)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.