"Paxtakor" joylashgan guruhda vaziyat qanday? "Sherlar" guruhdan chiqa oladimi?

"Paxtakor" joylashgan guruhda vaziyat qanday? "Sherlar" guruhdan chiqa oladimi?
Kecha \"Paxtakor\" Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan \"Shabab Al Ahli\"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Shota Arveladze shogirdlari Aziz G‘aniyev faoliyat olib borayotgan BAA klubi bilan durang qayd etdi. Tomonlar ham qancha harakat qilsa ham darvozalarga yo‘l topilmadi.

Natijada, toshkentliklar hisobidagi ochkolar 8 taga yetdi. Dubay vakili esa, 7 ochko jamg‘ardi.
"Paxtakor" joylashgan guruhda vaziyat qanday? "Sherlar" guruhdan chiqa oladimi?
Shu kuni guruh peshqadami \"Al Hilol\" autsayder \"Shahr Xodro\" bilan kuch sinashdi. E’tiborlisi, saudiyaliklar eronliklarga gol ura olishmadi. Bu o‘yin ham 0:0 hisobi bilan tugadi.

Musobaqaning amaldagi chempioni \"Al Hilol\" 11 ochko bilan muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi. \"Paxtakor\" va \"Shabab Al Ahli\" oxirgi turda kim keyingi bosqichga yo‘l olishi masalasini hal etadi.
"Paxtakor" joylashgan guruhda vaziyat qanday? "Sherlar" guruhdan chiqa oladimi?
6-turda Aziz G‘aniyev jamoasi \"Al Hilol\"ga qarshi maydonga tushsa, \"Paxtakor\" Eron klubi bilan o‘ynaydi.

6-tur, 23 sentabr
\"Al Hilol\" - \"Shabab Al Ahli\"
\"Shahr Xodro\" - \"Paxtakor\"
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.