Messining ikki portreti Londonda Sotheby’s auksionida 923 ming evroga sotildi

Messining ikki portreti Londonda Sotheby’s auksionida 923 ming evroga sotildi
Messining ikki portreti Londonda Sotheby’s auksionida 923 ming evroga sotildi

12 fevral kuni London shahrida o‘tkazilgan Sotheby’s auksionida savdoga “Barselona” jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messining ikki portreti ham qo‘yildi.

Kimoshdi savdolarida yaponiyalik rassom Takasi Murakami tomonidan chizilgan portret 429 ming evroga, britaniyalik Demen Xyorst tomonidan ishlangan surat esa, 494 ming evroga sotib olingan.

Xabar qilishlaricha, bu kartinalar sotuvidan tushgan pullar Bangladesh, Indoneziya va Nepal davlatlarida ta’lim tizimini rivojlantirish uchun sarflanadi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.