Shota Arveladzega xorijdan taklif bo‘ldi

Shota Arveladzega xorijdan taklif bo‘ldi
Toshkentning \"Paxtakor\" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning \"Hurriyet\" nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mamlakatning \"Trabzonspor\" klubi Arveladzening xizmatlariga qiziqish bildirib, unga taklif yuborgan. Chunki ichki chempionatda jamoa \"Istanbul Bashaxshehir\" klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu esa bosh murabbiy Eddi Nyutonning klubdagi faoliyati uzoqqa bormasligini ko‘rsatdi. Shuning uchun \"Trabzonspor\" jamoada avval ham ishlagan Arveladzega ishonch bildirmoqchi.

Nashrda yozilishicha, gruziyalik mutaxassis \"Paxtakor\"da yiliga 1.5 millio yevro maosh oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.