“Spartak” bosh direktori O‘runovning kelajagi haqida gapirdi

“Spartak” bosh direktori O‘runovning kelajagi haqida gapirdi
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov jamoa yarim himoyachisi Oston O‘runov haqida fikr bildirdi.

- O‘runovni kelajagi porloq kuchli futbolchi sifatida bilaman. Menga yoshlar bilan ishlash yoqadi. Oston men birga ishlagan futbolchilar orasida eng iqtidorlilaridan biri. Unga to‘liq ishonaman.

Ayni paytda u jarohatidan tiklanyapti. Shu sabab, O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga ham bormadi. “Spartak” – katta klub, shuning uchun bu yerda bosim ham, mas’uliyat ham yuqori darajada. Bu holatni yengib o‘tib, Oston kuchli futbolchiga aylanadi
, - dedi Shamil Gazizov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.