Oston O‘runov: Bu holat shunchalik shov-shuvga sabab bo‘ladi deb o‘ylamagandim

\"Spartak\" klubida to‘p tepayotgan legionerimiz Oston O‘runov biroz muddat oldin \"Instagram\" sahifasiga joylagan fotosurati haqida fikr bildirdi:
- Oston, mashg‘ulot maydonlari va \"Otkritiye Arena\"dan tashqari, Moskvadagi uchta sevimli joyingiz?
- \"Aslida, menda Moskvani aylanish uchun ko‘p vaqt yo‘q. Chunki deyarli har doim mashg‘ulotda bo‘laman yoki jarohatimdan tiklanish jarayonini o‘tkazaman. Shunga qaramay, mening e’tiborimni darhol \"Levantin\" va \"O‘zbekiston\" restoranlari o‘ziga qaratdi\".
- Hozircha, muxlislar uchun \"Spartak\"dagi eng yorqin voqeangiz, albatta, \"Instagram\"dagi xaridlardan so‘ng olingan suratingiz.
- \"Shunchaki o‘zim uchun fotosurat joylashtirgan edim. Bu holat shunchalik shov-shuvga sabab bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Keyinroq yoshi katta tanishlarim menga qo‘ng‘iroq qilib, uni olib tashlash haqida maslahat berdi\".
- Bu borada Shamil Gazizov bilan gaplashdingizmi?
- \"U surat uchun qo‘ng‘iroq qilmadi, ammo keyin mashg‘ulotda ko‘rishganimizda: \"Ajoyib fotosurat\", dedi. Albatta, hazil tariqasida. Keyin u rasmlarni tarqatmaslik yaxshiroq ekanligini tushuntirdi\", deya O‘runov jurnalistning savollariga javob berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- Oston, mashg‘ulot maydonlari va \"Otkritiye Arena\"dan tashqari, Moskvadagi uchta sevimli joyingiz?
- \"Aslida, menda Moskvani aylanish uchun ko‘p vaqt yo‘q. Chunki deyarli har doim mashg‘ulotda bo‘laman yoki jarohatimdan tiklanish jarayonini o‘tkazaman. Shunga qaramay, mening e’tiborimni darhol \"Levantin\" va \"O‘zbekiston\" restoranlari o‘ziga qaratdi\".
- Hozircha, muxlislar uchun \"Spartak\"dagi eng yorqin voqeangiz, albatta, \"Instagram\"dagi xaridlardan so‘ng olingan suratingiz.
- \"Shunchaki o‘zim uchun fotosurat joylashtirgan edim. Bu holat shunchalik shov-shuvga sabab bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Keyinroq yoshi katta tanishlarim menga qo‘ng‘iroq qilib, uni olib tashlash haqida maslahat berdi\".
- Bu borada Shamil Gazizov bilan gaplashdingizmi?
- \"U surat uchun qo‘ng‘iroq qilmadi, ammo keyin mashg‘ulotda ko‘rishganimizda: \"Ajoyib fotosurat\", dedi. Albatta, hazil tariqasida. Keyin u rasmlarni tarqatmaslik yaxshiroq ekanligini tushuntirdi\", deya O‘runov jurnalistning savollariga javob berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













