Eldor Shomurodov «Parma»ga qarshi bahsda «Jenoa»ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Eldor Shomurodov «Parma»ga qarshi bahsda «Jenoa»ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi
Foto: WhoScored
Futbol chempionatlari statistikasi va futbolchilar reytingini hisoblab boradigan WhoScored portali «Jenoa» — «Parma» uchrashuviga (1:2) oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, genuyaliklar hujumchisi Eldor Shomurodov 10 ballik tizimda 7,7 ballga loyiq ko‘rilgan. Bu «Jenoa» futbolchilari orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.

Eldor «Parma»ga qarshi o‘yinda jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi. Shuningdek, u darvoza tomon uchta zarba yo‘lladi va ularning ikkitasi aniq bo‘ldi.

25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining 15 ta uzatmasidan 10 tasi aniq bo‘ldi (67%). Yuqori qavatda to‘rt bor kurashga kirishib, ularning uchtasida g‘olib chiqdi va bir marta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi. Eldor uchrashuvning 69-daqiqasida zaxiraga olindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.