Eldor Shomurodov OFK so‘rovnomasida g‘olib bo‘ldi

Eldor Shomurodov OFK so‘rovnomasida g‘olib bo‘ldi
OFK rasmiy sayti qit’a legionerlari o‘rtasida haftaning eng zo‘r futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma e’lon qildi.

Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov g‘alaba qozondi. Umumiy ovozlarning 46% qismiga ega bo‘lgan legionerimiz yakunda eronlik Shahab Zahedini ortda qoldirib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Eldor o‘tgan hafta Italiya kubogi doirasidagi \"Sampdoriya\"ga qarshi bahsda assist qayd etgandi.

Shuningdek, A Seriya 9-turidan o‘rin olgan \"Parma\" bilan o‘yinda debyut golini urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.