"Jenoa" bosh murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

"Jenoa" bosh murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
\"Jenoa\" ustozi Rolando Maran Italiya chempionati 11-turida \"Yuventus\"ga (1:3) qarshi o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- \"Yuventus\" chempion jamoa, ular bizni ko‘proq yugurib, kuch sarflashga majbur qilishdi va yakunda charchoq o‘z so‘zini aytdi. Yigitlar qo‘lidan kelganicha harakat qilishdi, ularga yordam bera olishim mumkin edi.

Hozir biz qiyin davrni boshdan o‘tkazmoqdamiz. Oddiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror chiqarishga qiynalyapmiz. Masalan, kechagi o‘yinda qarshi hujumlardan foydalana olmadik.

Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, ammo jamoaga bo‘lgan ishonch natijalar orqali keladi. Taqvim biz uchun qulay emas, oldinda chempionatda mag‘lub bo‘lmagan jamoa (Milan) kutib turibdi. Agar xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqara olsak, unda vaziyatdan chiqa olamiz\", - deydi Maran.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.