Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko‘raman"

Slavko Lukich: "Navbahor"ga qaytishga tayyorman. Klub muxlislarini juda yaxshi ko‘raman"
2018 hamda 2019 yillarda \"Nasaf\" va \"Navbahor\" tarkibida to‘p surgan himoyachi Slavko Lukich bilan bog‘landik.
Oldinroq uning atrofida mish-mishlar urchigani va kelasi mavsumda \"Navbahor\" tarkibida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi borasida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Biroq Slavko ushbu mish-mishlarni tasdiqlamadi. Lekin u \"Navbahor\"ga qaytishga tayyorligini aytdi.

- Slavko, eshitishimizga qaraganda, kelasi mavsumda \"Navbahor\"ga o‘tishingiz mumkin ekan.
- Buni yolg‘on ma’lumot deyishim mumkin. Agar menga qo‘ng‘iroq qilib, \"Navbahor\"ga taklif bilan chiqishsa, yo‘q demayman. \"Navbahor\" muxlislarini yaxshi ko‘raman. Ularning qarshisida futbol o‘ynash, ularning qo‘llab-quvvatlovini his qilib turish doimo yoqimli. Namangan - haqiqiy futbol shahri. U yerda futbol va futbolchilar qadrlanadi.

- Demak, \"Navbahor\"ga qaytish niyatingiz yo‘q emas.
- Albatta. Agarda kimdir qo‘ng‘iroq qilib, taklif bilan chiqsa, shunday ajoyib jamoa tarkibida o‘ynashdan faqatgina xursand bo‘laman.

- Menimcha, Andrey Kanchelskis hali ham jamoani boshqarayotgan bo‘lganida bunday demagan bo‘lardingiz.
- Albatta, yo‘q. Deyan Jurjevichdan keyin jamoani Andrey Antanasovich qabul qilib olganidan keyin men zaxirada qolib ketdim. Hatto natijalar yaxshi bo‘lsa ham, yaxshi o‘yin ko‘rsatsam ham Kanchelskis menga qaraganida qovog‘ini uyib olardi.

- Demak, Sizni O‘zbekistonga kelishingizni kutsak bo‘ladimi?
- Ha, agar aloqaga chiqishsa, yo‘q demayman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.