"Yuventus" qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba to‘pini kiritdi. Shomurodov esa ...

"Yuventus" qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba to‘pini kiritdi. Shomurodov esa ...
Italiya Kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan \"Yuventus\" va \"Jenoa\" o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda \"keksa sineoralar\" qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba to‘pini kiritib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Kulusevski va Morataning gollariga genuyaliklardan Chiborra va Melegoni javob berishdi. 104-daqiqada Rafya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Mazkur bahsda hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.

\"Yuventus\" – \"Jenoa\" 3:2
Gollar:
1:0 – 2 Kulusevski, 2:0 – 23 Morata, 2:1 – 28 Chiborra, 2:2 – 74 Melegoni, 3:2 – 104 Rafya.
\"Yuventus\" – Buffon, Kellini (Bonuchchi, 65), Dregushin, Demiral (Danilo, 65), Uesli (Ronaldu, 88), Artur, Bentankur (Rabo, 46), Kulusevski, Portanova (Rafya, 77), Bernardeski, Morata.
\"Jenoa\" – Paleari, Gilone, Goldaniga, Bani, Chiborra (Ebong, 112), Rovella, Melegoni (Radovanovich, 105), Pyatsa, Lerager, Dumbrevanu (Males, 97), Skamakka.
Ogohlantirishlar: Bentankur (25), Dumbrevanu (29), Gilone (41), Goldaniga (90), Bani (116), Rovella (119).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.