Shomurodovsiz "Jenoa" "Napoli"ni mag‘lub etdi!

Shomurodovsiz "Jenoa" "Napoli"ni mag‘lub etdi!
Italiya A Seriyasi 21-turidan o‘rin olgan \"Jenoa\" - \"Napoli\" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin mezbonlarning minimal - 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Genuyaliklar safida kiritilgan har ikkala golga Goran Pandev mualliflik qilgan bo‘lsa, \"Napoli\"ning yagona golini Matteo Politano darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, Shomurodov ishtirok etmagan bahsda grand klubni yenga olgan \"Jenoa\" o‘z ochkolari sonini 24 taga yetkazib olgan holda 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. \"Napoli\" esa 37 ochko bilan 5-o‘rinni band qilib turibdi.

Jenoa – Napoli 2:1
Gollar:
1:0 – 11 Pandev, 2:0 – 26 Pandev, 2:1 – 79 Politano.
Jenoa – Perin, Dzappakosta, Goldaniga, Krishito, Chiborra, Strotman (Bexrami, 68), Radovanovich, Badel, Zays (Rovella, 88), Pandev (Skamakka, 68), Destro (Portanova, 79).
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Mariu Ruy, Maksimovich, Manolas (Rraxmani, 68), Elmaz, Demme (Bakayoko, 78), Losano, Zelinski (Insine, 54), Politano, Petanya (Osimxen, 54).
Ogohlantirish: Badel (29), Chiborra (57), Losano (73), Mariu Ruy (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.