"Lokomotiv" ukrain klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

"Lokomotiv" ukrain klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan \"Lokomotiv\" klubi bugun ushbu yig‘in doirasida Ukrainaning \"Dnepr-1\" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.

Qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tgan uchrashuvda \"temiryo‘lchilar\" 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Diyorjon Turopov, Sadriddin Abdullayev va Sanjar Qodirqulov mualliflik qildi.

\"Lokomotiv\" (O‘zbekiston) - \"Dnepr-1\" (Ukraina) 3:0
Gollar:
Sanjar Qodirqulov (46), Sadriddin Abdullayev (63), Diyorjon Turopov (86)
\"Lokomotiv\": Javohir Ilyosov, Diyego Bardanka, Islom Qobilov, Xurshid Muxtorov, Shuhrat Muhammadiyev, Kaxi Maxaradze, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Islom Rashidxonov, Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Bobur Asqarov, Sadriddin Abdullayev, Javohir Sidiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmayev, Shohruh Isoqov, Ibrohim G‘anixonov, Dilshod Komilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Jaloliddin Jumaboyev, Sherzod Fayziyev, Diyorjon Turopov, Farruh Ibrohimov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.