A Seriya. «Inter» derbida yirik hisobda g‘alaba qozondi

A Seriya. «Inter» derbida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasi 23-turi doirasida mavsumning eng muhim uchrashuviga aylanishi mumkin bo‘lgan o‘yin o‘tkazildi. Turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan «Inter» va «Milan» o‘rtasidagi uchrashuvning 5-daqiqasida Lukakuning uzatmasidan keyin Lautaro hisobni ochdi – 0:1.

Bo‘lim yakuniga qadar rasmiy mezbonlarda hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, Konte jamoasi tanaffusga g‘olib sifatida chiqdi.

57-daqiqada esa «Inter» navbatdagi qarshi hujumni golga aylantirdi. Bu safar Pereshichning uzatmasini yana o‘sha Lautaro golga aylantirdi - 0:2.

66-daqiqada esa katta sahnaga Lukaku chiqdi. Romelu katta tezlikda jarima maydoni ichiga yorib kirib, kuchli zarbasi bilan Donnarummani ojiz qoldirdi – 0:3.

«Milan derbisi»da juda muhim g‘alabaga erishib, eng asosiy raqobatchisini mag‘lub etgan Antonio Konte shogirdlari ochkolari sonini 53taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Milan» bilan farqni 4 ochkoga yetkazishdi.

A Seriya. 23-tur
Milan – Inter 0:3
Gollar:
0:1 – 5 Martines, 0:2 – 57 Martines, 0:3 – 66 Lukaku.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Ker, Romanoli, Teo, Salemakers (Rafael Leau, 67), Tonali (Meyte, 67), Chalhano‘g‘lu, Kessie, Rebich, Ibrahimovich (Kastilexo, 75).
Inter – Handanovich, Shkrinyar, Bastoni, de Vrey, Hakimi (Yang, 83), Eriksen (Galyardini, 78), Barella, Brozovich, Perishich (Darmian, 78), Martines (Sanches, 79), Lukaku.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.