Diyor Imomxo‘jayev: "Paxtakor" va AGMK "PES-2022" simulyatoriga kiritilishi mumkin

Diyor Imomxo‘jayev: "Paxtakor" va AGMK "PES-2022" simulyatoriga kiritilishi mumkin
O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev \"Telegram\" sahifasida post qoldirdi. Unda OCHLda qatnashadigan jamoalarimizning \"Pro Evolution Soccer\" simulyatoridan o‘rin olishi haqidagi fikrlar o‘rin olgan:

\"OFK va \"Konami\" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, endilikda OCHL o‘yinlari mashhur futbol simulyatori \"Pro Evolution Soccer\" ichidan joy oladi.

Shu yilning sentabrida chiqadigan \"PES-2022\" simulyatoridan \"Paxtakor\" va AGMK klublari ham o‘rin olishi mumkin. Buning uchun, ular 5 martga qadar klub futbolchilari va bosh murabbiy fotosuratlari, jamoaning o‘yin formasi na’munalarini qit’a futbol uyushmasiga taqdim etishi lozim\", - dedi Diyor Imomxo‘jayev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.