"Lokomotiv" yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

"Lokomotiv" yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi
Bugun \"Lokomotiv\" matbuot anjumanlar zalida 2021 yilgi mavsum arafasida tarkibga kelib qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda \"Lokomotiv\" PFK sport direktori Ravshan Muqimov bilan jamoamiz bosh murabbiyi Mikayel Sekeyra ham ishtirok etdi.

Bugungi marosimda \"temiryo‘lchilar\" safiga qo‘shilgan Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Javohir Sidiqov, Sanjar Qodirqulov, Diyego Bardanka, Islom Rashidxonov va Xurshid Muxtorov kabi futbolchilar keng ommaga tanishtirildi hamda ularga o‘z futbolkalari taqdim etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.