JCH—2022. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

JCH—2022. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) markazlashgan tizimda o‘tadigan JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichining qolgan o‘yinlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan D guruhi o‘yinlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 31 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Singapur, Falastin va Yaman bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
Vadim Abramov shogirdlari o‘rin olgan D guruhidagi holat ayni vaqtda quyidagi ko‘rinishni olgan:

1. O‘zbekiston — 9 ochko (5 o‘yin)
2. Saudiya Arabistoni — 8 (4)
3. Singapur — 7 (5)
4. Yaman — 5 (5)
5. Falastin — 4 (5)

Barcha guruhlar mezbonlari bilan tanishing:
A guruhi — Xitoy
B guruhi — Kuvayt
C guruhi — Bahrayn
D guruhi — Saudiya Arabistoni
E guruhi — Qatar
F guruhi — Yaponiya
G guruhi — BAA
H guruhi — Janubiy Koreya
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.