Bugun qur’a tashlanadi: Yevropa ligasining barcha chorak finalchilari aniq

Bugun qur’a tashlanadi: Yevropa ligasining barcha chorak finalchilari aniq
Yevropa ligasi 1/8 finalining barcha javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turnirning chorak finaliga «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Roma», «Ayaks», «Vilyarreal», «Granada», «Slaviya» va «Dinamo» (Zagreb) yo‘llanma oldi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, ushbu jamoalar «Milan», «Olimpiakos», «Shaxtyor», «Yang Boyz», «Dinamo» (Kiyev), «Molde», «Reynjers» va «Tottenhem»dan ustun kelishdi.

Chorak final qur’a tashlash marosimi bugun, 19 mart kuni Shveysariyaning Non shahrida o‘tkaziladi. 1/4 finalning ilk o‘yinlari 8 aprelda, javob o‘yinlari 15 aprelda bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.