“Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

“Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
La Liganing 28-turida “Sevilya” safarda “Valyadolid” (1:1) bilan durangga imzo chekdi. Uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqasida mehmonlar posboni Yassin Bunu uchrashuvda muvozanatni tikladi -1:1.

U jamoadoshlari ketma-ket burchak to‘pini amalga oshirayotgan vaqtda raqib jarima maydonchasi ichida qolib tupni o‘ziga kelishini kutdi. Navbatdagi burchak zarbasidan keyin to‘p darvozabonga kelib tushdi va u chap oyoqda chamasi 7 metrlar masofadan mezbonlar darvozasiga gol urdi..

Bunu “Sevilya” tarixida Ispaniya chempionatlarida gol urgan ilk posbon sifatida qayd etiladigan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.