Luchesku kimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb biladi?

Luchesku kimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb biladi?
Kiyevning \"Dinamo\" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku PSJning braziliyalik hujumchisi Neymarni dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchisi deb bilishini aytdi.
\"\"
\"Eng kuchli futbolchi Ronaldu yoki Messi emas. Hozir eng kuchlisi – bu Neymar. U sog‘lom va yaxshi formada bo‘lsa, Mbappedan ham kuchliroq. Neymar Ronaldoga o‘xshaydi. U faqat futbol haqida o‘ylasa, eng zo‘ri sanaladi\", – dedi Luchesku.

29 yoshli Neymar ushbu mavsumda PSJ tarkibida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.