"Inter" 11 yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriyada g‘olib chiqdi

\"Atalanta\" bugun A Seriyaning 34-turida safarda \"Sassuolo\"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
E’tiborlisi, 2-o‘rinda borayotgan “Atalanta” mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda peshqadam \"Inter\"dan 13 ochkoga ortda qolib ketdi. Natijada “neradzurrilar” muddatidan avval chempionlikni naqd qilishdi.
\"Inter\" \"skudetto\"ni o‘z tarixida 19-marta qo‘lga kiritdi. Bu borada ular hamshahari \"Milan\"ni (18) ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Italiya chempionatida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa bu \"Yuventus\" (36) hisoblanadi.
“Inter” so‘nggi bor 2010 yilda A Seriyada chempion bo‘lgan. O‘shanda jamoani Joze Mourino boshqargan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!E’tiborlisi, 2-o‘rinda borayotgan “Atalanta” mavsum yakunlanishiga 4 tur qolganda peshqadam \"Inter\"dan 13 ochkoga ortda qolib ketdi. Natijada “neradzurrilar” muddatidan avval chempionlikni naqd qilishdi.
\"Inter\" \"skudetto\"ni o‘z tarixida 19-marta qo‘lga kiritdi. Bu borada ular hamshahari \"Milan\"ni (18) ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Italiya chempionatida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa bu \"Yuventus\" (36) hisoblanadi.
“Inter” so‘nggi bor 2010 yilda A Seriyada chempion bo‘lgan. O‘shanda jamoani Joze Mourino boshqargan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













