Rasman! Joze Mourinoning yangi klubi ma’lum

Rasman! Joze Mourinoning yangi klubi ma’lum
Yaqindagina \"Tottenxem\" bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etilgan Joze Mourinoning yangi ish o‘rni ma’lum. \"Roma\" klubi rasmiy \"Tvitter\" sahifasi portugaliyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

\"Rasmiy xabar. Klubimiz nomidan muhim yangilikni e’lon qilishdan xursandmiz. 2021/2022 yilgi mavsumda jamoani boshqarish uchun Joze Mourino bilan kelishuvga erishildi\", - deyiladi. klub rasmiy sahifasida.

Avvalroq, Rim klubi bosh murabbiy Paulo Fonseka bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilgandi.

O‘z navbatida, Joze Mourino ham \"Inter\"ga bosh murabbiy bo‘lganidan qat’i nazar A Seriya klubini boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.